Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p kvartirali uylarni mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli reja muhokama qilindi
янв.21
Maktablarda bolajonlar uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratildi
янв.21
Yoshlar siyosati masalalari muhokama qilindi
янв.21
25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida qurilish ishlari jamoat nazoratida
янв.21
Muammoga munosabat bildirildi
янв.21
"A.Raxmonaliev" 1-uchastkasida sanoat zonasini tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv — hudud muammolari yechimi yo‘lida
янв.21
Sayyor qabul — aholi muammolariga yechim topish yo‘lida
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi

Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi

Bugungi kunda davlat boshqaruvida aholining dardini eshitish, ularning murojaatlariga o‘z vaqtida va adolatli yechim topish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki xalq bilan bevosita muloqot qilish, joylarda mavjud muammolarni ochiq muhokama etish orqali boshqaruv tizimining samaradorligi oshadi, fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchi mustahkamlanadi. Shu bois aholi murojaatlarini tinglash va ularni hal etish masalasi ijtimoiy adolat hamda ochiq siyosatning muhim mezoniga aylangan.

Namangan shahar hokimligi tomonidan aholi murojaatlarini manzilli hal etish maqsadida doimiy ravishda sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda. Navbatdagi sayyor qabul “Dashtbog‘” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan shahar hokimi, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamalov 52 nafar fuqaroning murojaatini shaxsan qabul qilib, ularning muammo va takliflarini atroflicha tingladi.

Murojaatlarni o‘rganish yakunlariga ko‘ra, 25 nafardan ziyod fuqarolarning masalasi joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar esa belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, huquqiy baho berish hamda amaliy yechim ishlab chiqish uchun tegishli mas’ul tashkilot va mutasaddilarga yo‘naltirildi.

Sayyor qabul davomida har bir murojaat yakuniy natijaga qaratilgan holda ko‘rib chiqildi, fuqarolarning ijtimoiy masalalarini tezkor va samarali hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, hokimlik tomonidan aholining muammolarini joyiga chiqib o‘rganish va ularni tizimli ravishda bartaraf etish ishlari izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 10