Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi ijro nazoratida
янв.21
Deputat sayyor qabuli — muammolarga tezkor yechim, aholiga ishonch
янв.21
Adolatli taqsimot — xalq ishonchi kafolati
янв.21
Farg‘ona tumanida suv xo‘jaligi masalasi — qat’iy nazoratda
янв.21
🔹 “Vodil yo‘g‘dusi” gazetasining navbatdagi sonida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari — Ozodaxon Dadajonova, Bumayram Sobirova, Hamidullo Inomov, Shuxratjon Raximov va Ilhomjon Abdurahmonovning dolzarb mavzularga bag‘ishlangan maqolalari chop etildi.
янв.21
Elektr ta’minoti — aholi farovonligining muhim omili
янв.21
“Qo‘rg‘ontepa” mahallasida dolzarb masalalar muhokamada
янв.21
Farg‘ona tumanida “Tashabbusli byudjet” loyihalarining yig‘ilishi
янв.21
Yoshlar tarbiyasi va ma’naviy rivoji uchun uchrashuv
янв.21
Deputatlar o‘z saylov okruglaridagi muammolarni o‘rganmoqdalar
joylarda amaliy nazorat — aholiga sifatli tibbiy xizmat yo‘lida muhim qadam

Joylarda amaliy nazorat — aholiga sifatli tibbiy xizmat yo‘lida muhim qadam

Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Odamboy Masharipov tomonidan 40-son oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi.Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, yaratilgan sharoitlar va mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida:

🔹bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar,

🔹shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarining ish faoliyati,

🔹dori-darmon ta’minoti holati,

🔹qabul jarayonlarining tashkil etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari, murojaatlari hamda takliflari tinglandi. Aholining roziligi va e’tirozlari joyida o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha muammolarni hal etish takidlandi.

Deputat tomonidan ta’kidlanganidek, tibbiyot sohasida sifat va qulaylikni oshirish, aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash doimiy e’tiborda bo‘lib qoladi. Bu boradagi nazorat va amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1