Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova "Mashad" mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy masalalar, hudud infratuzilmasini yaxshilash, bandlik, kommunal xizmatlar sifati hamda boshqa dolzarb muammolar muhokama qilindi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish va masalalarni nazoratga olish aytildi.