🔹O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati, tuman hokimi J.Axmedov tomonidan fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
🔹Qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlarning asosiy qismini tibbiy xizmatdan foydalanish, sog‘lig‘ini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatish, moddiy yordam ajratish hamda kommunal xizmatlar sohasiga oid masalalar tashkil etdi.
🔹Murojaatlar yuzasidan ayrim masalalar joyida hal etilib, qolganlariga qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi. Ijrosi ma’lum muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirildi.