Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farg‘ona tumanida suv xo‘jaligi masalasi — qat’iy nazoratda
янв.21
🔹 “Vodil yo‘g‘dusi” gazetasining navbatdagi sonida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari — Ozodaxon Dadajonova, Bumayram Sobirova, Hamidullo Inomov, Shuxratjon Raximov va Ilhomjon Abdurahmonovning dolzarb mavzularga bag‘ishlangan maqolalari chop etildi.
янв.21
Elektr ta’minoti — aholi farovonligining muhim omili
янв.21
“Qo‘rg‘ontepa” mahallasida dolzarb masalalar muhokamada
янв.21
Farg‘ona tumanida “Tashabbusli byudjet” loyihalarining yig‘ilishi
янв.21
Yoshlar tarbiyasi va ma’naviy rivoji uchun uchrashuv
янв.21
Deputatlar o‘z saylov okruglaridagi muammolarni o‘rganmoqdalar
янв.21
Elektr ta’minotida jamoatchilik nazorati
янв.21
Deputatlar va xalq muloqoti — amaliy yechimlar sari
янв.21
Muhim deputatlik so‘rovlari yo‘llandi
Deputat e’tibori – muammolar yechimiga xizmat qiladi

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati Burxon Aliqulov o‘z saylov okrugidagi mavjud ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi.

Deputat “Achchig‘i” MFY faollari va mahalla jamoatchiligi bilan uchrashib, hududdagi holatni ko‘zdan kechirdi. O‘rganishlar davomida mahallaning “Chaqar” qishlog‘idagi elektr tarmoqlari holati bugungi kun talablariga javob bermasligi aniqlandi.

Xususan, qishloqdagi eski va yaroqsiz simyog‘ochlar aholi xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani hamda texnik xavfsizlik qoidalariga mutlaqo zid ekanligi qayd etildi.

Mazkur muammoni qisqa fursatlarda hal etish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, deputat B.Aliqulov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 4