Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, tuman tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi hamda kun tartibiga kiritilgan muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
• Tuman ichki ishlar boshqamasi tomonidan 2025-yil davomida huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlari va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi;
• 2025/2026-o‘quv yilida “Mening maktabim” loyihasi g‘oliblarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar muhokama qilindi;
• 2026-yil uchun ayrim tovar turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalariga nisbatan oshiriluvchi koeffitsientlarni qo‘llash masalasi ko‘rib chiqildi;
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-186-son hamda “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-133-son qarorlarining tumandagi ijrosi yuzasidan mas’ul tashkilotlar hisobot berdi;
• “Toza hudud” davlat muassasasi tuman filiali, tuman elektr ta’minoti korxonasi, “Sharof Rashidov tumangaz” ta’minoti bo‘limi hamda Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi, tahlillar asosida tuman obodonlashtirish boshqarmasi hisobot qoniqarsiz deb topildi;
• Aholini ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama etildi;
• Ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi nomsiz ko‘chalarga nom berish hamda takroriy nomdagi ko‘chalar nomini o‘zgartirish masalalari ko‘rib chiqildi;
• Tuman mahalliy budjetidan mablag‘ ajratish, avval qabul qilingan ayrim qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalari yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi;
• Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha PQ-468-son qarorining tumandagi ijrosi hamda fevral oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi;
• Tuman hokimining sessiyalar oralig‘ida qabul qilgan ayrim qarorlari tasdiqlandi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar belgilab berildi.