Joriy yilning 3-mart kuni xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Toboyeva tomonidan Navro‘z mahalla xotin-qizlar faolining faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar va belgilangan rejalar ijrosi bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish jarayonida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash holati tahlil qilindi. Mavjud muammolar yuzasidan fikr almashilib, tegishli tavsiyalar berildi.