Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Ergasheva tomonidan mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilalar mustahkamligini ta’minlash hamda muammoli oilalar bilan manzilli ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. 

Shuningdek, xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga o‘qitish va ularning ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan mas’ullarga ish samaradorligini yanada oshirish, mahalladagi ayollar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshiradi.