Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi 11-A.Navoiy saylov okrugidan deputat B. Sangilova tumanda amalga oshirilayotgan yangi parrandachilik investisiya loyihasi doirasida "GULISTAN CHICKEN STEWS" MCHJ tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, ishlab chiqarish syexlarini jihozlash jarayoni, texnologik uskunalarni o‘rnatish hamda ishlab chiqarish quvvatlari ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu korxonani joriy yilning aprel oyida ishga tushirish rejalashtirilgan.
Deputat tomonidan mazkur investisiya loyihasi hududda parrandachilik sohasini rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.