Xalq dardiga yaqinlik — amaliy muloqot ifodasi
2026-yil 27-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Aminova Aziza Marksovna hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Sh. Toshevalar Navoiy shahridagi Saxovat bozorida bo‘lib, bozor faoliyati va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Tashrif davomida savdo rastalari holati, mahsulotlar sifati hamda narx-navoning barqarorligi ko‘zdan kechirildi. Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va muammolari tinglandi.
Deputatlar bildirilgan masalalarni qonunchilik doirasida o‘rganib chiqish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladilar. Mazkur tashrif xalq va vakillar o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.