Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati: Elektr ta’minotini yaxshilash
янв.21
Sifat va narx barqarorligi — deputatlik e’tiborida
янв.21
“Ogoh bo‘ling, firibgar!” – kiberxavflarga qarshi targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Kaptarxonada ta’lim sifati uchun nazorat va rivojlanish ishlari kuchaytirildi
янв.21
Muhim deputatlik so‘rovi yo‘llandi
янв.21
Deputat va xalq muloqoti — muammolar yechimi sari amaliy qadam
янв.21
Oqbilol MFYda hashar o‘tkazildi
янв.21
Deputat tashrifi: “Boy mahalla”da muammolar yechimi va yangi tashabbuslar
янв.21
Ulug‘bek MFYda deputatlik nazorati: muammolar o‘rganildi, amaliy choralar belgilandi
янв.21
“Obod” mahallasida aholi turmush sharoiti va ustuvor vazifalar o‘rganildi
Deputat umumta’lim maktabida o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan suhbat o‘tkazdi

eputat umumta’lim maktabida o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan suhbat o‘tkazdi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Shuxrat Raxmonov "Chaqar" mahallasida joylashgan 20-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilar va pedagog jamoa bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tashrif davomida ta’lim sifati, yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Uchrashuv avvalida maktab direktori tomonidan ta’lim jarayonlari, o‘quvchilarning yutuqlari va mavjud muammolar haqida ma’lumot berildi. Shundan so‘ng deputat o‘quvchilar bilan samimiy suhbat qurib, ularning kelajak rejalari, kasb tanlash borasidagi orzu-intilishlari bilan qiziqdi.

Suhbat davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

Ta’lim sifatini oshirish va fan olimpiadalariga tayyorgarligi

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

Axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish

O‘qituvchilar mehnatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish

Deputat maktab jamoasining fidokorona mehnatini e’tirof etib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishini ta’kidladi. Shuningdek, o‘quvchilarga puxta bilim olib, kelajakda yurt ravnaqiga hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari yuzasidan tavsiyalar berd

Uchrashuv yakunida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bunday muloqotlar ta’lim tizimidagi muammolarni joyida o‘rganish va ularni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.