Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati: Elektr ta’minotini yaxshilash
янв.21
Sifat va narx barqarorligi — deputatlik e’tiborida
янв.21
“Ogoh bo‘ling, firibgar!” – kiberxavflarga qarshi targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Kaptarxonada ta’lim sifati uchun nazorat va rivojlanish ishlari kuchaytirildi
янв.21
Muhim deputatlik so‘rovi yo‘llandi
янв.21
Deputat va xalq muloqoti — muammolar yechimi sari amaliy qadam
янв.21
Oqbilol MFYda hashar o‘tkazildi
янв.21
Deputat tashrifi: “Boy mahalla”da muammolar yechimi va yangi tashabbuslar
янв.21
Ulug‘bek MFYda deputatlik nazorati: muammolar o‘rganildi, amaliy choralar belgilandi
янв.21
“Obod” mahallasida aholi turmush sharoiti va ustuvor vazifalar o‘rganildi
Jalaquduq tumanida qon kuyish bo`limi faoliyati ustidan deputatlik nazorati o`tkazildi

 Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashidagi O`zbekiston XDP deputatlik guruhi a`zolari tomonidan tumandagi Markaziy kasalxonaning qon kuyish bo`limida aholiga ko`rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri tashkil etildi. 

Nazorat jarayonida bo`limning moddiy-texnika bazasi, sanitariya holati, tibbiy jihozlardan foydalanish tartibi, donorlik qonini qabul qilish va saqlash sharoitlari hamda bemorlarga xizmat ko`rsatish tizimi atroflicha o`rganildi. Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan
ishlash holati va xizmat ko`rsatishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilinishi tahlil qilindi.
Tadbir davomida bo`lim shifokorlari va tibbiyot xodimlariga aholiga beminnat va sifatli tibbiy xizmat ko`rsatish, tibbiy etika va deontologiya qoidalariga qat`iy rioya etish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo`yicha huquqiy tushunchalar berildi. Shu bilan birga, sog`liqni saqlash tizimida fuqarolar ishonchini mustahkamlash, inson qadrini ulug`lash va ijtimoiy adolat tamoyillarini ta`minlash muhim vazifa ekani ta`kidlandi. 

 

   

Slide 1 of 3