Deputat — mahallada: muammolar o‘rganilib, yechimlar belgilab olindi
✅ Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi tomonidan har payshanba kuni “Deputatlar kuni” etib belgilangani munosabati bilan, shuningdek “Deputat — mahallada” loyihasi doirasida O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi apparat rahbari Ziyoda Rasulova va Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Bahodir Xalilov saylov okrugidagi Oltitosh va Guzar mahallalarida bo‘lib, hududlardagi mavjud muammolarni o‘rgandilar.
🌐 Uchrashuvlar davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Xususan, chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish, hududni obodonlashtirish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
💎 Ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi. Deputatlar tomonidan hududlarda nazorat-tahlil ishlari izchil davom ettirilishi hamda fuqarolar murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashilishi ta’kidlandi.