Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati: Elektr ta’minotini yaxshilash
янв.21
Sifat va narx barqarorligi — deputatlik e’tiborida
янв.21
“Ogoh bo‘ling, firibgar!” – kiberxavflarga qarshi targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Kaptarxonada ta’lim sifati uchun nazorat va rivojlanish ishlari kuchaytirildi
янв.21
Muhim deputatlik so‘rovi yo‘llandi
янв.21
Deputat va xalq muloqoti — muammolar yechimi sari amaliy qadam
янв.21
Oqbilol MFYda hashar o‘tkazildi
янв.21
Deputat tashrifi: “Boy mahalla”da muammolar yechimi va yangi tashabbuslar
янв.21
Ulug‘bek MFYda deputatlik nazorati: muammolar o‘rganildi, amaliy choralar belgilandi
янв.21
“Obod” mahallasida aholi turmush sharoiti va ustuvor vazifalar o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi hamda Boyovut tuman "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Mazkur hujjat hududda ijtimoiy himoya, huquqiy ko‘mak va aholi muammolarini manzilli hal etish borasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Memorandumning asosiy maqsadi — fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash, shuningdek, huquqiy savodxonlikni oshirish yo‘nalishlarida tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Hamkorlik doirasida:

🔘aholi murojaatlarini birgalikda o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish;

🔘ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma reja ishlab chiqish;

🔘bepul huquqiy maslahatlar va sayyor qabullar tashkil etish;

🔘nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan oilalar hamda ehtiyojmand fuqarolarga manzilli ko‘mak berish;

🔘aholi o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini kuchaytirish kabi masalalar belgilab olindi.

Ta’kidlandiki, Kengash deputatlari tomonidan joylarda o‘rganilgan muammolarni “Madad” NNTning amaliy va huquqiy imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirish orqali aholiga yanada tezkor va samarali yordam ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Bu esa hududda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash, fuqarolarning davlat va jamiyat institutlariga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Memorandum doirasida kelgusida qo‘shma loyihalar, seminar-treninglar, davra suhbatlari hamda manzilli ijtimoiy aksiyalarni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mazkur hamkorlik ikki tomonlama ochiqlik, o‘zaro ishonch va ijtimoiy mas’uliyat tamoyillari asosida amalga oshiriladi.

Slide 1 of 3