Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati: Elektr ta’minotini yaxshilash
янв.21
Sifat va narx barqarorligi — deputatlik e’tiborida
янв.21
“Ogoh bo‘ling, firibgar!” – kiberxavflarga qarshi targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Kaptarxonada ta’lim sifati uchun nazorat va rivojlanish ishlari kuchaytirildi
янв.21
Muhim deputatlik so‘rovi yo‘llandi
янв.21
Deputat va xalq muloqoti — muammolar yechimi sari amaliy qadam
янв.21
Oqbilol MFYda hashar o‘tkazildi
янв.21
Deputat tashrifi: “Boy mahalla”da muammolar yechimi va yangi tashabbuslar
янв.21
Ulug‘bek MFYda deputatlik nazorati: muammolar o‘rganildi, amaliy choralar belgilandi
янв.21
“Obod” mahallasida aholi turmush sharoiti va ustuvor vazifalar o‘rganildi
#Sessiyadan

Avvalo, Kengash hamda uning doimiy komissiyalarining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur reja orqali hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilishi belgilandi.

Shuningdek, 2024-yil 5-dekabrdagi doimiy komissiyalarni tuzish va ularning shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutildi. Bu o‘zgarishlar komissiyalar faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning ish samaradorligini oshirish va vazifalarini aniq belgilashga xizmat qiladi.

Kun tartibida deputatlarning 2026-yil davomida — I, II, III va IV choraklarda saylovchilar oldida o‘z faoliyati hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan axborot berish reja-grafigini tasdiqlash masalasi ham muhim o‘rin oldi. Ushbu tartib deputatlarning saylovchilar bilan ochiq muloqotini ta’minlash, ularning hisobdorligini kuchaytirish va aholining taklif hamda murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqishga imkon yaratadi.

Bundan tashqari, Kengash kotibiyati xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur tashabbus kotibiyat faoliyatini rag‘batlantirish, ish unumdorligini oshirish va tashkiliy ishlar samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan.

Umuman olganda, ko‘rib chiqilgan masalalar Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi faoliyatini tizimli tashkil etish, deputatlar mas’uliyatini oshirish va hudud rivojiga xizmat qiluvchi samarali boshqaruv mexanizmlarini joriy etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Sessiya kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi. Deputatlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikrlarni eshitilgach Davlat madhiyasi bilan sessiya o‘z ishini yakunladi.

Slide 1 of 9