Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati: Elektr ta’minotini yaxshilash
янв.21
Sifat va narx barqarorligi — deputatlik e’tiborida
янв.21
“Ogoh bo‘ling, firibgar!” – kiberxavflarga qarshi targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Kaptarxonada ta’lim sifati uchun nazorat va rivojlanish ishlari kuchaytirildi
янв.21
Muhim deputatlik so‘rovi yo‘llandi
янв.21
Deputat va xalq muloqoti — muammolar yechimi sari amaliy qadam
янв.21
Oqbilol MFYda hashar o‘tkazildi
янв.21
Deputat tashrifi: “Boy mahalla”da muammolar yechimi va yangi tashabbuslar
янв.21
Ulug‘bek MFYda deputatlik nazorati: muammolar o‘rganildi, amaliy choralar belgilandi
янв.21
“Obod” mahallasida aholi turmush sharoiti va ustuvor vazifalar o‘rganildi
#Sessiyadan

Sessiyada daslabki masala sifatida Toyloq tumanini 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi loyihasi ko‘rib chiqildi. 

Jumladan, Toyloq tumanini 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi: 

—tuman markazi qiyofasini zamonaviy ko‘rinishga keltirish, shu jumladan, markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, oqava suv tarmog‘ini qurishni bosqichma-bosqich amalga oshirish, obodonlashtirish, yangi zamonaviy uy-joylar qurish;

—xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida yo‘l bo‘yi infratuzilma imkoniyatlaridan samarali foydalanish, aholining dam olishi uchun yashil va ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etish;

— qishloq xo‘jaligida ijaraga berilgan yerlarda namunali loyihalarni amalga oshirish, tomorqalardan samarali foydalanish, sanoat plantatsiya usulida yangi bog‘ tokzorlarni tashkil etish, dala chetlaridan samarali foydalanish;

—sanoatda qurilish materiallari sohasidagi korxonalar quvvatini oshirish, oziq-ovqat loyihalarini samarali joylashtirish, kichik sanoat zona imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish.

Slide 1 of 2