Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muhim deputatlik so‘rovi yo‘llandi
янв.21
Deputat va xalq muloqoti — muammolar yechimi sari amaliy qadam
янв.21
Oqbilol MFYda hashar o‘tkazildi
янв.21
Deputat tashrifi: “Boy mahalla”da muammolar yechimi va yangi tashabbuslar
янв.21
Ulug‘bek MFYda deputatlik nazorati: muammolar o‘rganildi, amaliy choralar belgilandi
янв.21
“Obod” mahallasida aholi turmush sharoiti va ustuvor vazifalar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FARG‘ONA TUMANI KENGASHI DEPUTATLARINING 2025 YILDA AMALGA OSHIRGAN ISHLARINING INFOGRAFIKASI
янв.21
Ilmli, faol va matonatli yoshlar — jamiyat tayanchi!
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy va sanitariya masalalari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida muhim deputatlik so‘rovi yo‘llandi.
"Hazarbobo" mahallasida yo‘l muammosi: aholi nega hali ham javob kutmoqda?

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati E.Abdusalomov tomonidan “Hazarbobo” va "Yangiravot" mahallalarini bog‘laydigan yo‘lning holatini o‘rgandi.

Hududdagi ichki ko‘chalarning bugungi holati jiddiy tanqidiy bahoga loyiq. Yomg‘ir yog‘ishi bilan yo‘llar loyqa botqoqqa aylanmoqda, katta-kichik chuqurlar suvga to‘lib, harakatlanish deyarli imkonsiz bo‘lib qolmoqda. Avtomobillar zo‘rg‘a yurmoqda, piyodalar esa loy va suv ichida qatnashga majbur. Bu nafaqat noqulaylik, balki aholi xavfsizligi uchun ham real xavf tug‘dirmoqda.

Eng achinarlisi, mazkur muammo bir kunlik yoki mavsumiy holat emas. Aholi tomonidan bir necha bor og‘zaki murojaatlar bildirilganiga qaramay, mas’ul tashkilotlar tomonidan amaliy va barqaror yechim ko‘rilmagan. Vaqtinchalik tekislash yoki yuzaki shag‘al tashlash bilan masala hal bo‘lmaydi. Natijada har bir yomg‘irdan so‘ng vaziyat yana takrorlanmoqda.

Savol tug‘iladi: hudud infratuzilmasi bilan bog‘liq bu muammo qachongacha e’tibordan chetda qoladi? Ichki yo‘llarning bunday ahvoli ijtimoiy soha obyektlariga, tez yordam, yong‘in xavfsizligi xizmatlarining o‘z vaqtida yetib borishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Mazkur holat yuzasidan deputat E.Abdusalomov tomonidan tegishli tashkilotlarga rasmiy deputatlik so‘rovi chiqarildi.

So‘rovda:

ichki ko‘chalarni to‘liq shag‘allashtirish va mustahkamlash;

suvning to‘planib qolishini oldini olish uchun drenaj tizimini yo‘lga qo‘yish;

mas’ul tashkilotlarning aniq muddatli chora-tadbirlar rejasini taqdim etishi talab etildi.

Hudud aholisining kundalik hayotiga ta’sir qilayotgan bunday muammolarni cho‘zib yurish — mas’uliyatdan qochish bilan barobar. Endilikda mas’ul tashkilotlar aniq javob va amaliy ish bilan chiqishi lozim.

Slide 1 of 5