Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ulug‘bek MFYda deputatlik nazorati: muammolar o‘rganildi, amaliy choralar belgilandi
янв.21
“Obod” mahallasida aholi turmush sharoiti va ustuvor vazifalar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FARG‘ONA TUMANI KENGASHI DEPUTATLARINING 2025 YILDA AMALGA OSHIRGAN ISHLARINING INFOGRAFIKASI
янв.21
Ilmli, faol va matonatli yoshlar — jamiyat tayanchi!
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy va sanitariya masalalari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida muhim deputatlik so‘rovi yo‘llandi.
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Farg‘ona tumanida agrar sohadagi dolzarb masalalar tanqidiy muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Axrorbek Erkaboev tashabbusi bilan “15-Oqbilol” saylov okrugida yana bir muhim masalaga amaliy yechim topildi.
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Atxam Xamdamov o‘z saylov okrugida faollari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumanining “Navbahor” mahallasi hududidagi 48-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir Abdug‘ani Abdurahmonovni xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Ma’naviy-ma’rifiy ruhda o‘tgan ushbu tadbirni deputat Jumavoy Rahmonqulov kirish so‘zi bilan ochib, ustozning boy ijodiy merosi, yoshlar tarbiyasidagi o‘rni hamda adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan hissasi haqida to‘xtalib o‘tdi. Ta’kidlanganidek, bunday xotira tadbirlari yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Abdushokir Abdurahmonov ustoz bilan bog‘liq iliq xotiralari bilan o‘rtoqlashdi:

— Davradagilar orasida Abdug‘ani ustozga eng yaqin inson men bo‘lsam kerak. U kishi meni qo‘llarimdan yetaklab maktabga olib borganlar. Barcha fanlardan “a’lo” baholarga o‘qiganman. Yozuvim biroz xunukroq edi. Ustozning daldasi bilan tez orada bu kamchiligimni ham tuzatib olganman. 1982-yilda o‘rta maktabni 15 nafar yigit-qiz bitirganmiz. Ustozimiz hammamizni birlashtirgan. Hozirgacha bir-birimizning holimizdan xabar olib turamiz, — dedi u.

Shundan so‘ng Abdushokir Abdurahmonov o‘zi tahsil olgan maktab kutubxonasiga badiiy va ma’rifiy adabiyotlardan iborat kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.

Tadbirda Abdug‘ani Abdurahmonov bilan birga ishlagan, birga tahsil olgan, hamnafas bo‘lgan hamda shogirdlik maqomiga erishgan insonlar shoirdan qolgan yorqin xotiralar bilan o‘rtoqlashdilar.

Shuningdek, shoirning nabiralari ham tadbirda ishtirok etib, bobolarini yod etishdi.

Mazkur uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, ustozning hayoti va ijodi yoshlar qalbida yana bir bor jonlandi.

Slide 1 of 10