Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI FARG‘ONA TUMANI KENGASHI DEPUTATLARINING 2025 YILDA AMALGA OSHIRGAN ISHLARINING INFOGRAFIKASI
янв.21
Ilmli, faol va matonatli yoshlar — jamiyat tayanchi!
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy va sanitariya masalalari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida muhim deputatlik so‘rovi yo‘llandi.
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Farg‘ona tumanida agrar sohadagi dolzarb masalalar tanqidiy muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Axrorbek Erkaboev tashabbusi bilan “15-Oqbilol” saylov okrugida yana bir muhim masalaga amaliy yechim topildi.
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Atxam Xamdamov o‘z saylov okrugida faollari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.
янв.21
«Saylovchilar bilan ochiq uchrashuv — aniq rejalar va vazifalar»
янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Mahallada ishbilarmon ayollar safi kengaymoqda

“Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi doirasida O‘ZLIDEP Toyloq tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Zoyirjon Ziyodullayev hamda tuman Kengashi deputati Nasiba Mo‘minova navbatdagi tadbirkor ayol — Qo‘shchinor mahallasida istiqomat qiluvchi chorvador Matluba Saidqulova xonadonida bo‘lishdi. 

 Turmush o‘rtog‘i vafotidan so‘ng hayot sinovlariga mardonavor bardosh bergan Matluba Saidqulova uch nafar o‘g‘li bilan chorvachilik faoliyatini davom ettirib kelmoqda. “Hayot davom etadi”, deydi u... Chorvachilik orqali nafaqat oilasini ta’minlab, o‘g‘illarini uylantirgan, kelinlarini esa shartnoma asosida o‘qitishga muvaffaq bo‘lgan. 

 Ayni kunda mazkur oila tomonidan 12 ta sog‘in sigir va 20 ta zotdor ho‘kiz parvarish qilinmoqda. Samarali mehnat natijasida yillik daromad ortib, yaqinda zamonaviy rusumdagi “Belarus” traktori xarid qilindi. Bu esa oila farovonligining yana bir yorqin isbotidir. 

 Qo‘shchinor mahallasida Matluba Saidqulova kabi faol chorvador ayollar ko‘p. Mahalla hokim yordamchisi 2026-yilda 20 nafar chorvadorga mikroloyihalar asosida amaliy ko‘mak ko‘rsatish rejalashtirgan. Shuningdek, xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida mahalladagi chevar hunarmand Hilola Nodirovaga 16 million so‘m kredit ajratilib, tikuv mashinkalari olib berilgan. Natijada uning yillik daromadi 100 million so‘mga yetgan va u bugungi kunda 50 nafardan ortiq mahalla xotin-qizlariga ustozlik qilib kelmoqda. 

 Shu mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkor opa-singillar Qurbonova Halima va Hamida ham tikuvchilikni kasb qilib, yiliga o‘rtacha 100–150 million so‘m daromad topmoqdalar. 

 O‘ZLIDEP mazkur loyihalar orqali mahallalardagi tadbirkor va ishbilarmon ayollarga alohida e’tibor qaratmoqda. Ularning faoliyatini ommalashtirish, tajribalarini boshqa xotin-qizlar uchun o‘rnak sifatida targ‘ib qilish orqali yangi ishbilarmon ayollar safini kengaytirish, mahallalarda tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish maqsad qilingan. 

 Bu kabi ezgu tashabbuslar mahallalar taraqqiyoti, aholi bandligi va xotin-qizlar faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Slide 1 of 9