Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Axrorbek Erkaboev tashabbusi bilan “15-Oqbilol” saylov okrugida yana bir muhim masalaga amaliy yechim topildi.
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Atxam Xamdamov o‘z saylov okrugida faollari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.
янв.21
«Saylovchilar bilan ochiq uchrashuv — aniq rejalar va vazifalar»
янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Ta’limga e’tibor – kelajakka e’tibor
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Murojaatnoma ijrosi — taraqqiyotimizning mustahkam poydevori”
янв.21
Saylovchilar bilan yuzma-yuz
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — taraqqiyot va ta’lim ravnaqining mustahkam poydevori
янв.21
Murojaatnoma - harakat rejasi, Strategiya - maqsad va natija.
янв.21
Farg‘ona tumanida deputatlik nazorati doirasida tahliliy o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Uzun Kengashi deputati Safargul Rajabova 2025-yilning to‘rtinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

Xalq deputatlari Uzun Kengashi deputati Safargul Rajabova 2025-yilning to‘rtinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Rajabova Yangi yo'l mfy saylovchilariga 2025-yilning to‘rtinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi. Hisobot davrida deputat tomonidan tuman Kengashi sessiyalari hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etilib, mahalla institutini rivojlantirish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid masalalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Shuningdek, mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash, oila institutini mustahkamlash, sog‘lom oila muhitini shakllantirish masalalari deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlari sifatida qayd etildi. Davra suhbatida xotin-qizlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, oilaviy qadriyatlarni asrash va mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. .