Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🌸 Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari L.Kuvondikov va N.Kiyamov Xalqobod mahallasida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirayotgan ishlarining samaradorligini o‘rganishdi.

Tadbir davomida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy loyihalar, oilaviy va mahallaviy tadbirlar hamda aholi bilan bevosita ishlash jarayonlari atroflicha baholandi. Deputatlar mahalla xotin-qizlarining tashabbuskorligi, faoliyat samarasini oshirish yo‘llari va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yaxshilash imkoniyatlari bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirishdi.

Shu bilan birga, mahallada xotin-qizlarning tadbirkorlik va ijtimoiy loyihalarda ishtiroki ham muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Ushbu o‘rganishlar kelgusida mahallalarda xotin-qizlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish va qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3