Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
"SAFIMIZDAGI YOSHLAR " LOYIHASI AMALDA.

O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi Toshloq tuman tashkiloti tomonidan, Besarang mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 32- umumta’lim maktabida yoshlarning siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hamda siyosiy jarayonlarga faol jalb etish maqsadida o‘quvchi yoshlar ishtirokida “O‘zbekiston-2030” strategiyasining 2024-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish dasturining mazmun-mohiyatini targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.  

Tadbirda tuman partiya Kengashi raisi Tursunboy Soliyev "O‘zbekiston-2030" strategiyasining beshta ustivor yo‘nalish hamda 100 ta maqsaddan iborat ekanligi, ushbu hujjat O‘zbekistonning buyuk kelajagini barpo qilishga xizmat qilishini va strategiyada ta’lim sohasiga ham katta ahamiyat berilayotganligini alohida ta’kidlab, mazkur strategiya asosida joriy yilda ijtimoiy sohalarda amalga oshiriladigan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. 

Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga notiqlar tomonidan javoblar berildi. 

T. N. Soliyev. O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi tuman tashkiloti raisi, "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi. 

Slide 1 of 4