Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati o‘z hududidagi saylovchilar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi "17-Mustaqillik" sylov okrugidan saylangan deputat Jo‘rayev Dilmurod Tolibjanovich o‘zi saylangan “Qumchuq”, “Xo‘jaobod” va “G‘oyibota” mahallalariga tashrif buyurib, saylovchilari bilan uchrashdi. Deputat o‘z saylov okrugida “Qumchuq” mahallasida bo‘lib, bugungi kunda mahalla fuqarolar yig‘inlarida olib borilayotgan yoshlarni xatlovga olish ishlari, ular bo‘yicha keng qamrovli ishlarni olib borish, “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da mahallada tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va boshqa ishlar ahvoli bilan tanishdi. Jumladan, u bemor fuqarolarning uylariga borib, ular holidan xabar olib, tibbiy xizmat ko‘rsatish ahvoli, ularga yaratilgan sharoitlar haqida fikr bildirdi, “Akfa” mahsulotlari va pishiq g‘isht ishlab chiqarayotgan yosh tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlardan xabardor bo‘ldi.  

Shuningdek, deputat hududdagi oilaviy shifokorlik punktlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ham borib saylovchilari bilan yaqindan muloqotda bo‘ldi.  

Slide 1 of 3