Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ayol va jamiyat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
“Deputatlik so‘rovlari” ijrosi ta’minlanmoqda
янв.21
SAYLOVCHI MUAMMOSI – DEPUTATLAR E’TIBORIDA!
янв.21
Saylovchi muammosi – deputatlar e’tiborida!
янв.21
Yordon MFYdagi sanitariya holati deputatlar nazoratida
янв.21
Anklav hududlarda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi va fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Deputat tashabbusi — xotin-qizlar bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda
янв.21
🟦 Farg‘ona tumanidagi loyihalar — doimiy deputatlik nazoratida
янв.21
🟦Deputatlar va adliya bo‘limi hamkorligida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatiladi
#_munosabat

Latofat Behbudova,

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati

      Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 8 avgust kuni oliy ta’lim bitiruvchilari bandligini ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda juda dolzarb masalalarni ko‘tardilar.

     Talabalarning bilimi ikkinchi kursdan keyin ularni ishga olmoqchi bo‘lgan investorlar ishtirokida yillik baholanadi. Bitiruvchi diplom ishini loyihada qo‘yilgan masalalardan kelib chiqib, himoya qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, investor talabiga mos bitiruvchilar kafolatli ishga olinadigan bo‘ladi.

    Mehnat munosabatlarida xususiy sektor uchun manfaatli tizim yaratilmoqda. Endi bitiruvchini ishga olganlik uchun tadbirkorlik reytingida qo‘shimcha ball beriladi. Oliy ta’lim muassasasi ularni bo‘sh o‘rin bor korxonaga yo‘naltiradi.

    Xususan, bu yilgi 92 ming bitiruvchining keyingi faoliyatida ko‘maklashish chora-tadbirlari belgilandi.