Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Beruniy mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmonining ijrosi, xotin-qizlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, tumanda investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar, Jondor tumanida 2023 yilning 10 oyi davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar, jamoat xavfsizligini ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi sub’ektlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar, Buxoro viloyati “Toza hudud” davlat unitar korxonasi direktorining birinchi o‘rinbosarining Jondor tumanida 2023 yilda amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 3 dekabrdagi PQ-31-sonli qarorining 19-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan Jondor tumanida amalga oshirilgan ishlar, Mahalliy budjetining 2023 yil parametrlariga o‘zgartirish kiritish hamda mahalliy budjetining 2023 yil qo‘shimcha manbalar hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan sarflanishi rejalashtirilgan mablag‘larni holati kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilindi, tegishli qarorlar qabul qilinib, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘z ishini yakunladi. 

Slide 1 of 18