Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Kamalov ishtirokida “O‘rmonchilar” MFYda navbatdagi o‘rganish tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar deputati J.Arslonov hamda Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi O.Mirzakarimov ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Farg‘ona shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi O.Mirzakarimov tomonidan navbatdagi manzilli o‘rganish tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi deputati X.Madaminova ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Kamalov ishtirokida navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi raisi A.Soyibnazarov hamda deputatlar ishtirokida navbatdagi muhokama va oʻrganish yigʻilishi oʻtkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi O.Mirzakarimov ishtirokida navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining tavsiyalari ijrosiga bag‘ishlangan hududlar va tumanlar uchun mo‘ljallangan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Kamolov ishtirokida shahardagi mahallalarda navbatdagi oʻrganish tadbirlari oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi O.Mirzakarimov hamda deputat T.Normatov tomonidan navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi
8-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, guruh xonalarining holati va jihozlanganligi, ta’lim-tarbiya mashg‘ulotlarining tashkil etilishi hamda bolalarning kun tartibi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tashkilotning sanitariya-gigiyena holati, oziq-ovqat ta’minoti, oshxona faoliyati, bolalar xavfsizligi va mavjud moddiy-texnik sharoitlar yuzasidan ham o‘rganish olib borildi.

Tashkilot rahbariyati va pedagog xodimlar bilan suhbat davomida tarbiyalanuvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni maktab ta’limiga puxta tayyorlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash va tarbiyalanuvchilar manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3