35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT O‘ZI SAYLANGAN OKRUGDAGI MUAMMOLARNI JOYIDA HAL ETMOQDA
янв.21
Sobirbuloq” mahallasida 24 talik tavsiyalar ijrosi va hududiy muammolar atrofida amaliy muloqot o‘tkazildi
янв.21
#DEPUTAT_SO'ROVI
янв.21
Deputat F. Madaliyeva saylovchilar oldida axborot  berdi
янв.21
Farg'ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan PQ-1 va PQ-111 sonli qarorlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni dastlabki tarzda mahallalarda eshitish to‘g‘risid
янв.21
"E-Kengash" platformasi faoliyatini ommalashtirish ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Farg'ona shahar Kengashi deputati Sh.Karayevaning axboroti haqida
янв.21
Kotibiyat mudiri Sh.Kamalov boshchiligida «Qirguli» mahalla fuqarolar yig‘inidagi muammolar ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat 2026-yilgi investitsiya dasturlariga kiritlgan loyihalari boʼyicha oʼrganish oʼtkazdi
янв.21
Iftixor mahallasida bandlik va kambagʻallikni qisqartirish ishlari o‘rganildi
Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari, hisobot beruvchi mas’ullar hamda Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari Baxtiyor Nasrullayev, Mirziyo Qahramonov hamda Aziza Bahodirovalar ham ishtirok etdi.

📝 Dastlab deputatlar Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarining hududda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari hamda xususan, tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy yordamni ko‘rsatilishi holati to‘g‘risidagi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari ishtirokida kasalliklarning oldini olish, erta aniqlash va davolash bo‘yicha yo‘nalishlar kesimida hudud bo‘yicha 2026 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash hamda 2026-yil 2-chorak bo‘yicha tibbiyotga doir masalalar yuzasidan tibbiyotni moliyalashtirish, zarur jihoz va tibbiy uskunalar bilan ta’minlash, kadrlar hamda dori va sarflov vositalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Sotvoldiyev Nodir Abduvoxodovichning hisoboti deputatlar tomonidan ko'rib chiqib atroflicha muhokama qilindi.

📁 Shuningdek, mazkur yig‘ilishda kun tartibidagi Sanitariya-Epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2026-yil 6-oy davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi masala yuzasidan Sanitariya-Epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining shahar boshqarmasi boshlig‘i – Kudratxodjaeva Malika Baxramovna yig‘ilish qatnashchilariga hisobot berdi. Ushbu masala deputatlar tomonidan tinglanib atroflicha muhokama qilindi.

🔎 Mazkur komissiya kun tartibiga kiritilgan Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, davlat xizmatlaridan foydalanishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish borasidagi ishlar holatini o‘rganish va komissiya majlisida muhokama qilish to'g'risidagi masala deputatlar tomonidan muhokama qilinib maqullangan bo'lsa keyingi Toshkent shahridagi 101-son kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati negizida 14-son Ko‘p tarmoqli maktab-internatini tashkil etish yuzasidan kiritilgan masala komissiya a'zolar tomonidan qizg'in muhokamalarga sabab bo'ldi va yakunda ushbu masala kelgusi yig'ilishga qoldirildi. Kun tartibidagi ushbu ikkala masalalar yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - Davlatov Ilxomjon G‘ulomjonovichning hisoboti deputatlar tomonidan eshitildi.

🔍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi faoliyati haqida yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10