35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT O‘ZI SAYLANGAN OKRUGDAGI MUAMMOLARNI JOYIDA HAL ETMOQDA
янв.21
Sobirbuloq” mahallasida 24 talik tavsiyalar ijrosi va hududiy muammolar atrofida amaliy muloqot o‘tkazildi
янв.21
#DEPUTAT_SO'ROVI
янв.21
Deputat F. Madaliyeva saylovchilar oldida axborot  berdi
янв.21
Farg'ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan PQ-1 va PQ-111 sonli qarorlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni dastlabki tarzda mahallalarda eshitish to‘g‘risid
янв.21
"E-Kengash" platformasi faoliyatini ommalashtirish ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Farg'ona shahar Kengashi deputati Sh.Karayevaning axboroti haqida
янв.21
Kotibiyat mudiri Sh.Kamalov boshchiligida «Qirguli» mahalla fuqarolar yig‘inidagi muammolar ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat 2026-yilgi investitsiya dasturlariga kiritlgan loyihalari boʼyicha oʼrganish oʼtkazdi
янв.21
Iftixor mahallasida bandlik va kambagʻallikni qisqartirish ishlari o‘rganildi
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati R.Talipdjanov tomonidan 18-"Navro‘z" saylov okrugi tarkibidagi "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori ijrosi hamda ushbu yo‘nalish bo‘yicha Qo‘qon shahar IIB boshlig‘ining 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan o‘rganish va muhokama o‘tkazildi.

O‘rganish ishlari Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mutaxassisi X.Abdullayev hamda hudud profilaktika inspektori Sh.Sotboldiyev ishtirokida tashkil etildi.

Muhokamada mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, mahalla kengashi a’zolari, profilaktika inspektori hamda mahalla faollari ishtirok etib, hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, notinch oilalar bilan manzilli ishlash, tungi profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish hamda "Xavfsiz mahalla" tamoyillari asosida hududda osoyishtalikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahalla ko‘chalariga zamonaviy videokuzatuv kameralarini o‘rnatish, mavjud kuzatuv tizimlarini kengaytirish, xavfsizlik infratuzilmasini takomillashtirish hamda profilaktik nazoratni yanada kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Muhokama yakunida mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash, fuqarolar osoyishtaligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va davlat organlari hamda "mahalla yettiligi" hamkorligini yanada kuchaytirish yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3