35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat F. Madaliyeva saylovchilar oldida axborot  berdi
янв.21
Farg'ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan PQ-1 va PQ-111 sonli qarorlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni dastlabki tarzda mahallalarda eshitish to‘g‘risid
янв.21
"E-Kengash" platformasi faoliyatini ommalashtirish ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Farg'ona shahar Kengashi deputati Sh.Karayevaning axboroti haqida
янв.21
Kotibiyat mudiri Sh.Kamalov boshchiligida «Qirguli» mahalla fuqarolar yig‘inidagi muammolar ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat 2026-yilgi investitsiya dasturlariga kiritlgan loyihalari boʼyicha oʼrganish oʼtkazdi
янв.21
Iftixor mahallasida bandlik va kambagʻallikni qisqartirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar shifoxona hududida barpo etiladigan yangi tibbiyot majmuasi loyihasini nazorat-tahlil tartibida o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar shahar hokimligida tashkil etilgan «Raqamli monitoring markazi» imkoniyatlari bilan tanishdilar.
янв.21
Deputat
Ko‘hna Cho‘pon ota mahallasidagi issiqlik ta’minoti muammosi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Ko‘hna Cho‘pon ota mahallasidagi issiqlik ta’minoti muammosi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Iftixor Ziyoyev tomonidan Uchtepa tumani “Ko‘hna Cho‘pon ota” mahallasining 24, 25 va 26-ko‘p qavatli turarjoy binolarida kuzatilayotgan issiqlik ta’minoti muammosi yuzasidan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i O.Mo‘minov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatga kelib tushgan fuqarolar murojaatlarida mazkur ko‘p qavatli uylar atrofidan o‘tgan issiqlik tizimi quvurlari noto‘g‘ri o‘rnatilgani sababli isitish mavsumida tarmoqdagi bosim pasayib ketayotgani, natijada xonadonlarga yetarli darajada issiqlik yetib bormayotgani hamda bu holat aholi o‘rtasida haqli noroziliklarga sabab bo‘layotgani qayd etilgan.

🔎 Mazkur murojaatni o‘rganish jarayonida mavjud muammo aholining kuz-qish mavsumidagi yashash sharoitiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, issiqlik ta’minoti tizimini texnik jihatdan qayta ko‘rib chiqish va nosozliklarni bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi.

📝 Shu munosabat bilan deputat Iftixor Ziyoyev tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i O.Mo‘minovdan mazkur hududdagi issiqlik tarmoqlari holatini qisqa muddatda mutaxassislar ishtirokida o‘rganish, bosim pasayishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash, muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash hamda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🔺 Deputatlik so‘rovida mas’ul tashkilotdan ko‘rib chiqish natijalari hamda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan 10 kun muddatda asoslantirilgan yozma javob taqdim etish talab etilgan.

🤝 Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1