Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kotibiyat mudiri Sh.Kamalov boshchiligida «Qirguli» mahalla fuqarolar yig‘inidagi muammolar ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat 2026-yilgi investitsiya dasturlariga kiritlgan loyihalari boʼyicha oʼrganish oʼtkazdi
янв.21
Iftixor mahallasida bandlik va kambagʻallikni qisqartirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar shifoxona hududida barpo etiladigan yangi tibbiyot majmuasi loyihasini nazorat-tahlil tartibida o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar shahar hokimligida tashkil etilgan «Raqamli monitoring markazi» imkoniyatlari bilan tanishdilar.
янв.21
Deputat
янв.21
Qonun targ‘iboti
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
«TO‘QIMACHILAR» MAHALLA FUQAROLAR YIG‘INIDA IJTIMOIY XIZMAT FAOLIYATI BILAN DEPUTAT TANISHDI
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Y. Lyapina hamda Bekobod shahar Kengashi deputati G. Abdullayeva tomonidan Bekobod shahrining “Nurli yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida sanitariya-tozalik holati va maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish ishlari o‘rganildi.

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Y. Lyapina hamda Bekobod shahar Kengashi deputati G. Abdullayeva tomonidan Bekobod shahrining “Nurli yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida sanitariya-tozalik holati va maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududdagi chiqindi to‘plash maydonchalari, konteynerlarning holati, chiqindilarni olib chiqish grafigiga rioya etilishi hamda aholi uchun yaratilgan qulayliklar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududda ekologik madaniyatni yuksaltirish, sanitariya holatini yanada yaxshilash hamda chiqindilarni muntazam olib chiqish tizimini samarali tashkil etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar mahalla hududida toza va obod muhitni ta’minlash, fuqarolarning salomatligini muhofaza qilish hamda ekologik barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 1