Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kotibiyat mudiri Sh.Kamalov boshchiligida «Qirguli» mahalla fuqarolar yig‘inidagi muammolar ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat 2026-yilgi investitsiya dasturlariga kiritlgan loyihalari boʼyicha oʼrganish oʼtkazdi
янв.21
Iftixor mahallasida bandlik va kambagʻallikni qisqartirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar shifoxona hududida barpo etiladigan yangi tibbiyot majmuasi loyihasini nazorat-tahlil tartibida o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar shahar hokimligida tashkil etilgan «Raqamli monitoring markazi» imkoniyatlari bilan tanishdilar.
янв.21
Deputat
янв.21
Qonun targ‘iboti
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
«TO‘QIMACHILAR» MAHALLA FUQAROLAR YIG‘INIDA IJTIMOIY XIZMAT FAOLIYATI BILAN DEPUTAT TANISHDI
Ijtimoiy xodim faoliyati o'rganildi.

Ijtimoiy xodim faoliyati o'rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 13-Angor saylov okrugi deputati Jo‘rayev Akbar Nortojiyevich tomonidan o‘z hududidagi ijtimoiy xodim N. Shatirova faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, manzilli yordamlarning o‘z vaqtida yetkazilishi hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

Deputat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularga amaliy yordam ko‘rsatish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini yanada kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

O‘rganish davomida aholining turmush darajasini yaxshilash, ularning muammolarini hal etishda ijtimoiy xodimlarning o‘rni va mas’uliyati muhim ekani alohida ta’kidlandi.Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.

Slide 1 of 1