Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat 2026-yilgi investitsiya dasturlariga kiritlgan loyihalari boʼyicha oʼrganish oʼtkazdi
янв.21
Iftixor mahallasida bandlik va kambagʻallikni qisqartirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar shifoxona hududida barpo etiladigan yangi tibbiyot majmuasi loyihasini nazorat-tahlil tartibida o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar shahar hokimligida tashkil etilgan «Raqamli monitoring markazi» imkoniyatlari bilan tanishdilar.
янв.21
Deputat
янв.21
Qonun targ‘iboti
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
«TO‘QIMACHILAR» MAHALLA FUQAROLAR YIG‘INIDA IJTIMOIY XIZMAT FAOLIYATI BILAN DEPUTAT TANISHDI
янв.21
Farg‘ona shahar Kengashi deputati M.Raximova "Mirzo Ulugʻbek" mahallasida bo'ldi.
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan mahallada o‘rganish o‘tkazildi

Fuqarolar murojaatlari yuzasidan mahallada o‘rganish o‘tkazildi

🗂 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi PQ-167-sonli “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish maqsadida Sharq Yulduzi mahallasida uchrashuv o‘tkazildi.

🇺🇿 Unda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "6-Xondamir" saylov okrugidan saylangan deputati Azizov Kamoliddin To‘laganovich, mahallaning nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Aziza Karimova, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi.

🕯 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan 38-sonli umumta’lim maktabi hamda 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti oldida joylashgan Xondamir ko‘chasidagi yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan bir qator murojaatlar kelib tushayotgani qayd etildi. Xususan, mazkur hududda piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yer yotiq chiziqlarini (sun’iy notekisliklar) ta’mirlash hamda mavjud avtobus bekatini zamonaviy yangi bekatga almashtirish zarurligi ta’kidlandi.

🗣 Muloqot davomida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning yechimiga erishish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Sharq Yulduzi mahallasi raisi, tuman Kengashi deputati Kamoliddin Azizov tomonidan batafsil axborot berildi.

💬 Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar umumlashtirilib, ularni tegishli mutasaddi tashkilotlarga yetkazish, masalalarni deputatlik nazorati asosida kuzatib borish hamda zarurat tug‘ilganda deputatlik so‘rovi chiqarish bo‘yicha choralar ko‘rilishi qayd etildi.

✅ Ushbu masalalar deputat nazoratiga olinib, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 3