Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kotibiyat mudiri Sh.Kamalov boshchiligida «Qirguli» mahalla fuqarolar yig‘inidagi muammolar ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat 2026-yilgi investitsiya dasturlariga kiritlgan loyihalari boʼyicha oʼrganish oʼtkazdi
янв.21
Iftixor mahallasida bandlik va kambagʻallikni qisqartirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar shifoxona hududida barpo etiladigan yangi tibbiyot majmuasi loyihasini nazorat-tahlil tartibida o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar shahar hokimligida tashkil etilgan «Raqamli monitoring markazi» imkoniyatlari bilan tanishdilar.
янв.21
Deputat
янв.21
Qonun targ‘iboti
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
«TO‘QIMACHILAR» MAHALLA FUQAROLAR YIG‘INIDA IJTIMOIY XIZMAT FAOLIYATI BILAN DEPUTAT TANISHDI
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani tibbiyot tizimi bo‘yicha batafsil axborot taqdim etildi

Deputat so‘roviga Uchtepa tumani tibbiyot tizimi bo‘yicha batafsil axborot taqdim etildi

📝 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Usmanov Anvar Baxramovich tomonidan 2026-yil 27-aprel kuni yuborilgan so‘rovga tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi. Javob xati 2026-yil 18-may kuni №465-son bilan rasmiylashtirilgan.

🗣 Mazkur axborotda Uchtepa tumanidagi davolash-profilaktika muassasalari faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, mavjud resurslar hamda amalga oshirilayotgan islohotlar batafsil yoritilgan.

📇 Hozirgi kunda tumanda 1 ta markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika, 6 ta oilaviy poliklinika, 1 ta kattalar uchun shifoxona, 1 ta bolalar shifoxonasi, 1 ta tumanlararo perinatal markaz hamda 1 ta bolalar stomatologiya poliklinikasi faoliyat yuritmoqda. Ushbu muassasalar orqali jami 300 mingdan ortiq aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

✨ Tizimda 147 ta tibbiy brigada faoliyat yuritib, har bir brigada tarkibida oilaviy shifokorlar, hamshiralar va patronaj xodimlari biriktirilgan. Aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash ishlari kengaytirilgan.

✅ Jumladan, kompyuterlar, Wi-Fi routerlar, planshetlar, smart monitorlar, printerlar, skanerlar va boshqa raqamli texnika vositalari yetkazib berilgan. Shuningdek, tibbiyot muassasalarida laboratoriya va diagnostika uskunalari — bioximik analizator, gemolitik analizator, sentrifuga, UTT, gastroskop, kolonoskop, EEG va EXOEG kabi jihozlar mavjudligi qayd etildi.

💊 Javob xatida dori vositalari bilan ta’minlash masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, bir qator surunkali kasalliklar, jumladan yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, qandli diabet, bronxial astma va boshqa kasalliklar bo‘yicha bemorlar zarur dori vositalari bilan ta’minlanayotgani bildirildi.

↗️ Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish uchun 901,0 mln. so‘m mablag‘ ajratilgani, shundan 309,8 mln. so‘mi sarflangani va 591,1 mln. so‘m mablag‘ qoldiq sifatida mavjudligi ko‘rsatib o‘tilgan.

🔼 Kelgusida tumanda yangi, bir smenada 250 qabulga ega bo‘lgan zamonaviy poliklinika qurish, patronaj xizmatlari sifatini oshirish, shuningdek “Elektron poliklinika” va “Elektron retsept” tizimlarini yanada takomillashtirish rejalashtirilgan.

💬 Bundan tashqari, eskirgan kompyuterlarni zamonaviy texnik vositalarga almashtirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha ham taklif va chora-tadbirlar ilgari surilgan.

💼 Mazkur javob deputat so‘rovining ijrosi ta’minlanganini va tuman tibbiyot tizimidagi mavjud holat hamda rivojlanish yo‘nalishlarini ochiq va aniq yoritib berganini ko‘rsatadi.

Slide 1 of 3