Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholi murojaatlari asosida ichimlik suvi ta’minoti ishlari o‘rganildi

Aholi murojaatlari asosida ichimlik suvi ta’minoti ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev “Zarobod” mahallasida mahalla yettiligi xodimlari bilan birgalikda aholi murojaatlari asosida amalga oshirilayotgan ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari bilan yaqindan tanishib, bevosita ushbu jarayonda ishtirok etdi.

O‘rganish davomida “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ Qiziriq tumani filiali tomonidan olib borilayotgan qurilish va montaj ishlari ko‘zdan kechirilib, aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Mazkur ishlar hudud aholisining turmush sharoitini yaxshilash hamda ichimlik suvi ta’minotini yanada barqarorlashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.


Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#K_Muhammadiyev

Slide 1 of 8