Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot
янв.21
#24_ta_muxim_masala Deputatlar hududlar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
#Ishsizlik_va_kambagʻallikni_qisqartirish

#Ishsizlik_va_kambagʻallikni_qisqartirish

Aholi bandligi va inkluziv rivojlanish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi
Mamlakatimizda fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyatga integratsiyalashuviga ko‘maklashish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biridir. Ushbu maqsadlar ijrosini ta’minlash borasida joylarda tuman Kengashi deputatlari va mas’ul xodimlari tomonidan tizimli o‘rganishlar olib borilmoqda.
Xususan, Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Matyaqubova hamda tuman Kengashi deputati R.Ismoilova "Bahoriston" mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi A.Abdullayev bilan birgalikda hududdagi ijtimoiy muhit va aholi turmush darajasini atroflicha o‘rgandilar.
O‘rganishlar doirasida Al-Xorazmiy ko‘chasi, 1/5-uyda istiqomat qiluvchi, 2-guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro Matyaqubov Shahzod Kenja o‘g‘lining xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy-maishiy ahvoli va ehtiyojlari ko‘rib chiqildi.
Suhbat davomida Sh.Matyaqubovning temirchilik hunariga bo‘lgan yuksak qiziqishi va amaliy ko‘nikmalari inobatga olinib, unga o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi va rivojlantirishi uchun berilayotgan imkoniyatlar tushuntirildi. Shu munosabat bilan, davlatimiz tomonidan ajratiladigan imtiyozli kredit mablag‘larini olish tartibi hamda uning huquqiy va amaliy bosqichlari bo‘yicha batafsil tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1