Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot
янв.21
#24_ta_muxim_masala Deputatlar hududlar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
#Ishsizlik_va_kambagʻallikni_qisqartirish

#Ishsizlik_va_kambagʻallikni_qisqartirish

Aholi farovonligi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash — deputatlik nazorati markazida
Inson qadrini ulug‘lash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarning ta’lim olishi uchun munosib sharoitlar yaratish bugungi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Usg‘or g‘oyalarni hayotga tatbiq etish maqsadida joylarda aholi murojaatlarini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Matyaqubova hamda tuman Kengashi deputati R.Ismoilova "Bahoriston" mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi A.Abdullayev bilan birgalikda hududdagi ijtimoiy vaziyatni atroficha o‘rgandilar.
O‘rganishlar doirasida "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"da turuvchi, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 18-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Eshniyozov Hamid Alimovichning xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning munosib turmush sharoiti va ehtiyojlari atroflicha tahlil qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, H.Eshniyozovning 4 nafar farzandi bo‘lib, ulardan 2 nafari oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olmoqda. Yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantirish hamda oilaga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida, bir nafar farandining to‘lov-kontrakt summasi qoplab berilishi belgilandi.

Slide 1 of 1