Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot
янв.21
#24_ta_muxim_masala Deputatlar hududlar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan 2-sonli texnikumda tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda texnikumning 100 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlari ishtirok etdi. Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan tadbir davomida yoshlarning ta’lim olishi, kelajakdagi kasbiy faoliyati va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bilan bog‘liq muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat davomida yoshlarni kasb-hunar egallashga, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga, bozor talablariga mos mutaxassis bo‘lib yetishishga intilishlari zarurligi haqida so‘z yuritildi. Muayyan kasbga ega bo‘lish yoshlarning kelajakda o‘z o‘rnini topishi, bandligini ta’minlashi va mustaqil hayotga tayyorlanishida muhim omil ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuvning muhim mavzularidan biri giyohvandlikning oldini olish masalasi bo‘ldi. Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalarining salbiy oqibatlari, bunday illatning inson salomatligi, ta’limi, oilasi va kelajagiga yetkazishi mumkin bo‘lgan zararli ta’siri haqida tushuntirishlar berildi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish, ilm olish va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish orqali turli salbiy ta’sirlardan himoyalanish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirib, o‘zaro ochiq muloqot olib borildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7