Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot
янв.21
#24_ta_muxim_masala Deputatlar hududlar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
CHORSU MAHALLASIDAGI 16-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA YAKUNIY QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI

CHORSU MAHALLASIDAGI 16-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA YAKUNIY QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov tomonidan Chorsu mahallasi hududida joylashgan 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan yakuniy qurilish ishlari bilan tanishildi.

O‘rganish davomida mazkur obyektning qurilish jarayoni, yakuniy ishlarning holati, obodonlashtirish ishlari hamda uni foydalanishga topshirishga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlashga qaratilgan vazifalari doirasida ijtimoiy soha obyektlarini o‘z vaqtida va sifatli foydalanishga topshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida»gi Qonuni, 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-595-son bilan maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi munosabatlarning huquqiy asoslari belgilangan.

Shundan kelib chiqib, obyektni Mustaqillik bayramining 35 yilligi arafasida foydalanishga topshirish maqsadida qolgan qurilish, pardozlash va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlarning sifatli yakunlanishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi tomonidan ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini o‘rganish, aholiga munosib shart-sharoitlar yaratish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati davom ettiriladi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Slide 1 of 5