Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot
янв.21
#24_ta_muxim_masala Deputatlar hududlar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
DEPUTATNING BAXSHIBOYI MAHALLASIDAGI FAOLIYAT REJASI BELGILANDI

DEPUTATNING BAXSHIBOYI MAHALLASIDAGI FAOLIYAT REJASI BELGILANDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi 19-Q. To‘rayev saylov okrugi deputati Xalikulova Gulbahor Amirqulovnaning Baxshiboyi mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi.
📊 Baxshiboyi mahallasidagi holat:
▫️ Ijtimoiy reyestrda — 99 ta oila;
▫️ shundan davlat ta’minotida — 26 ta;
▫️ kambag‘al oilalar — 50 ta;
▫️ kambag‘allik chegarasidagi oilalar — 23 ta;
▫️ 45 nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish yoki faoliyatini legallashtirish;
▫️ 28 ta mikroloyiha tashkil etish orqali kamida 64 ta ish o‘rni yaratish;
▫️ uzoq muddatli mehnat migratsiyasidagi 56 nafar fuqaro oilalari bilan manzilli ishlash vazifalari belgilangan.
🤝 Ijtimoiy xizmatlar yo‘nalishida reyestrdagi oilalarning ehtiyojlaridan kelib chiqib:
— 28 nafar a’zoga ijtimoiy xizmatlar;
— 28 nafar a’zoga ta’lim xizmatlari;
— 48 nafar a’zoga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;
— 25 nafar a’zoni daromadli mehnat bilan ta’minlash;
— 18 ta oilaning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rish nazarda tutilgan.
🏘 Mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ham aniq vazifalar belgilangan. Jumladan:
🔹 Baxshiboyi ko‘chasining 800 metr qismini asfaltlashtirish;
🔹 Otchopar ko‘chasiga 50 dona simyog‘och o‘rnatish;
🔹 ichki ko‘chalarda tozalash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish;
🔹 ariqlarni tozalash;
🔹 Munavvar qori ko‘chasidagi simyog‘och kabellarini yangi kabellarga almashtirish.
🏥 Shuningdek, keksa fuqarolar va yosh bolalarga tibbiy ko‘rik hamda muolajalar ko‘rsatish uchun tibbiyot binosini mukammal ta’mirlash bo‘yicha vazifa ham faoliyat rejasiga kiritilgan.
📌 Belgilangan vazifalar ijrosi har hafta va har ikki haftada deputatlik nazorati asosida monitoring qilib boriladi.
🎯 Maqsad — har bir muammoni manzilli o‘rganish, mas’ullarni belgilash va fuqarolar uchun amaliy natijaga erishish.
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi
19-Q. To‘rayev saylov okrugi deputati
Xalikulova Gulbahor Amirqulovna