Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot
янв.21
#24_ta_muxim_masala Deputatlar hududlar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA

 TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan aholi xonadonlaridagi tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish masalasi muhokama qilindi.
📝 Doimiy komissiyaning 2026-yil 25-sentabrdagi DKQ 03-04/150-26-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha qarori ijrosini tumanda kompleks o‘rganish belgilandi.
🔎 O‘rganishlar davomida:
▫️ xonadonlarning tomorqa yer maydonlari;
▫️ yerlarning maqsadli va samarali foydalanish holati;
▫️ foydalanilmayotgan yoki qarovsiz qolgan yer maydonlari;
▫️ sabzavot, poliz, kartoshka va boshqa ekinlarning ekilishi;
▫️ ekinlarning holati va agrotexnik tadbirlarning bajarilishi;
▫️ takroriy ekin ekish imkoniyatlaridan foydalanish;
▫️ yuqori daromadli ekinlarni joylashtirish;
▫️ mavjud bog‘ va tokzorlarning holati;
▫️ intensiv bog‘dorchilik imkoniyatlari o‘rganiladi.
📊 Shuningdek, aniqlangan muammolarning sabablari tahlil qilinib, ularni bartaraf etish, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish va aholi xonadonlarida qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqiladi.
👥 Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun doimiy komissiya qarori bilan ishchi guruh tuzildi. O‘rganish ishlari tasdiqlangan savolnoma asosida mahallalar va xonadonlar kesimida olib boriladi.
🌾 Tomorqa — daromad va farovonlik manbai. Uni samarali tashkil etish orqali oilaviy daromadlarni oshirish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va mavjud yer resurslaridan oqilona foydalanishga erishish maqsad qilinmoqda.
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi