Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot
янв.21
#24_ta_muxim_masala Deputatlar hududlar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
#nazorat tadbiri #deputatlik faoliyat

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati hamda shahar hokimligi masʼullari tomonidan joylarda oʻrganish ishlari davom ettirilmoqda.
Kengash kotibiyati mudiri Sevar Qodirova, shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Shermuhammad Begiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatovdan iborat ishchi guruh tomonidan "Do'stlik" mahallasida navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi.

🔹Mahalla binosi va uning atrofidagi hududlarning tozaligi, sanitariya talablariga javob berish darajasi koʻzdan kechirildi.
🔹Mahalladagi hokim yordamchisining bugungi kunga qadar amalga oshirgan ishlari hamda yuritilayotgan rasmiy hujjatlari tahlil qilindi.
🔹Mahallada ishsiz fuqarolar roʻyxati, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan aholi vakillariga koʻrsatilgan amaliy yordamlar holati batafsil oʻrganildi.

⚠️ Tanqidiy tahlil va topshiriqlar
Oʻrganish davomida mahalla binosi atrofidagi obodonlashtirish ishlarining talab darajasida emasligi keskin tanqid ostiga olindi.
📌 Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish, hududni tartibga keltirish va qisqa muddatda obod maskanga aylantirish boʻyicha mahalla masʼullariga 3 kunlik muddat berilib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.

Hududlarda aholi farovonligi va mahalla infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etadi.

Slide 1 of 6