Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Muhiddin Abdullayev, Behzod Salimov hamda Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova hududlarda jinoyatchilikning oldini olish va ijtimoiy muhit barqarorligini o‘rganishdi.
"Kimyogar" mahallasi yettiligi bilan muloqot: Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni kasbga yo‘naltirish orqali huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish choralari muhokama qilindi.
Jarayon davomida mahalla hududida tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Yoshlar va aholining mutolaa qilishi uchun yaratilgan qulayliklar, kitob fondining boyitilganligi va kutubxonadan foydalanish darajasi ko‘zdan kechirildi.
Yoshlar bandligini ta’minlash va ularning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish — jinoyatchilikka qarshi kurashishning eng samarali yo‘lidir.
✅Maqsad: Kitobxon yoshlar ko‘p bo‘lgan mahallada jinoyatga o‘rin qolmaydi.