Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot
янв.21
#24_ta_muxim_masala Deputatlar hududlar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
ZARGARLIK MAHALLASIDA MAHALLA MUAMMOLARI VA DOLZARB VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #Hamkorlik_faoliyati

ZARGARLIK MAHALLASIDA MAHALLA MUAMMOLARI VA DOLZARB VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

🧠 Uchtepa tumani Zargarlik mahallasida Shirin va Zargarlik mahallalari yettiligi, tuman hamda Toshkent shahar Kengashi deputatlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

🇺🇿 Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi a’zosi Fayziyeva Vasila Solihovna ishtirok etib, Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, qonun loyihalari va muhim masalalar yuzasidan olib borilayotgan muhokamalar haqida ma’lumot berdi.

🇺🇿 Shuningdek, suhbat davomida, Prezidentimizning Toshkent viloyati Bekobod tumaniga tashrifi davomida videoselektor yig‘ilishida ko‘tarilgan dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi bilan ishlash tizimi va mavjud muammolarni hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗣 O‘zbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi O.Jiyanbayev tomonidan poytaxt shahri va tumanlarda faoliyat yuritayotgan partiya deputatlari, xususan tuman Kengashi deputatlari J.Karimov, A.Abdushukurov, Z.Xaydarova hamda Sh.Tursunovalar tomonidan amalga oshirayotgan ishlar, saylovchilar murojaatlari bilan ishlash va hududlarda ko‘tarilayotgan masalalarni hal etish borasidagi faoliyati haqida ham so‘z yuritildi.

📈 Shuningdek, Zargarlik mahallasi raisi R.Naposov va Shirin mahalla raisi Z.Alimov tomonidan hududlarda mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Ko‘tarilgan masalalarni Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan nazoratga olish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish bo‘yicha kelishib olindi.

💼 Ushbu uchrashuvda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov, Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilovlar ishtirok etishdi.

📈 Tadbir yakunida bildirilgan taklif va muammolar yuzasidan aniq hamda konstruktiv savol-javoblar o‘tkazilib, kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 7