Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot
янв.21
#24_ta_muxim_masala Deputatlar hududlar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
G‘alaba Shoh ko‘chasida keng ko‘lamli ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari yakuniy bosqichda

G‘alaba Shoh ko‘chasida keng ko‘lamli ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari yakuniy bosqichda

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Dilmurod Ergashev bugun mazkur hududga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlarning bugungi holati, mas’ullar tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosining sifatli bajarilishi hamda uylar va hududni yangilash ishlari bilan birma-bir tanishdi.

Xususan, G‘alaba Shoh ko‘chasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish hamda hududni yanada obod qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar holati joyida ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida mas’ullar tomonidan bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur hududda olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari yakuniy bosqichga yetib kelgani qayd etilib, ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan ushbu ishlar hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 10