Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot
янв.21
#24_ta_muxim_masala Deputatlar hududlar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Hududdagi muammo joyiga chiqib o‘rganildi

Hududdagi muammo joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Tasheva Shahnoza Azamatovna xizmat safarida bo‘lganligi munosabati bilan, tasdiqlangan grafik rejaga muvofiq hududdagi muammolarni o‘rganish ishlari Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida Navoiy shahri Lochin mahallasidagi Energetik ko‘chasi 6-uy oldi hududida issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan quvur tarmog‘ini almashtirish ishlari olib borilganligi, mazkur ishlar yakunlanganidan so‘ng qazilgan hudud obodonlashtirilmaganligi aniqlandi.

Xususan, piyodalar yo‘lagi beton qoplamasi tiklanmagani hamda yo‘l qoplamasi asfaltlashtirilmagani sababli mazkur hududda fuqarolarning xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun noqulayliklar yuzaga kelganligi kuzatildi.

Aniqlangan holat yuzasidan piyodalar yo‘lagini beton qoplama bilan tiklash hamda avtomobil yo‘lining asfalt qoplamasini qayta yotqizish bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlarga murojaat kiritildi.

Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishi nazoratga olindi. 

Slide 1 of 2