Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Avtomobil yo‘llarida tirbandlikni oldini olish maqsadida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov hamda kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash, transport oqimini tartibga solish hamda tirbandliklarning oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihasi o‘rganildi.

🔺O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qaroriga asosan tumanda “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” hamda “Bektemir-G‘azalkent-Chorbog‘” yo‘nalishlaridagi avtomobil yo‘llarini G‘azalkent shahri yaqinida Chirchiq daryosi ustidan ko‘prik qurilib bir-biri bilan bog‘lash bo‘yicha vazifalar belgilangan.

🔺Deputat Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK tomonidan qurilish ishlarining borishi, loyihaning bajarilish bosqichlari, qurilish-montaj ishlarining sifati, texnik talablarga rioya etilishi, qurilish materiallari bilan ta’minlanganlik va ish jarayoniga jalb etilgan texnika hamda mutaxassislar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔺“O‘zbekiston temir yo‘llari”DAKga qarashli Temiryo‘lko‘prikqurilish korxonasining obyekt rahbari Jasur Qurbonov tomonidan ta’kidlanganidek, mazkur yo‘l va ko‘prik qurib bitkazilgach, shahar markazi orqali o‘tuvchi transport vositalari oqimi sezilarli darajada kamayadi, avtomobil harakati yanada erkinlashadi, tirbandliklar qisqaradi hamda haydovchilar va piyodalar uchun harakat xavfsizligi oshadi. Shu bilan birga, yo‘lning transport o‘tkazuvchanlik qobiliyati yuksalib, hududning logistika imkoniyatlari kengayadi.

🔺Deputat qurilish ishlarining belgilangan muddatlarda va yuqori sifat bilan yakunlanishi aholi manfaatlari uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, ishlarining keyingi bosqichlari ham muntazam ravishda deputatlik nazoratida bo‘lishini qayd etdi.

Slide 1 of 8