Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi

Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi

Navoiy shahrida joylashgan Tinchlikdagi nogironlar uyi hududida sodir bo‘lgan sel oqibatida podval qismi suv va loyqa bilan to‘lganligi sababli tozalash ishlari amalga oshirilishi zarur holat yuzaga kelgan edi.

Mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Irgasheva Nilufar Uralovna tashabbusi bilan deputatlik nazorati o‘rnatildi hamda tegishli tashkilotlarga murojaat qilindi.

Natijada Navoiy shahar hokimligi hamda Suv ta’minoti korxonasi mas’ul xodimlari tomonidan hududga amaliy yordam ko‘rsatildi. Xususan, maxsus texnika va ishchi guruhlar jalb etilib, podvaldagi suv va loyqa qoldiqlari tozalandi, sanitariya holati tiklandi.

Ishlar dam olish kunlari — shanba va yakshanba kunlarini ham qamrab olgan holda uzluksiz davom ettirildi. Mas’ul xodimlar tomonidan fuqarolarga bepul va amaliy yordam ko‘rsatilib, muammo to‘liq bartaraf etildi.

Ushbu jarayon deputatlik nazorati hamda davlat organlari hamkorligining samarali natijasi bo‘lib, aholining ijtimoiy muammolarini tezkor hal etish imkonini berdi.

Mazkur amalga oshirilgan ishlar fuqarolar tomonidan ijobiy baholanib, Navoiy shahar hokimligi hamda Suv ta’minoti korxonasi xodimlariga minnatdorlik bildirildi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Irgasheva Nilufar Uralovnaning tashabbusi hamda deputatlik nazorati ushbu muammoning ijobiy hal etilishiga xizmat qildi.

Slide 1 of 4