Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi

“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valeryevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanovalar tomonidan Navoiy shahridagi “Janubiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Janubiy” 11-uy, “Janubiy” 12A hamda “Janubiy” 2 va 7-uylar o‘rtasidagi ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur ochiq kanalizatsiya quduqlari fuqarolar, ayniqsa bolalar va keksalar hayoti hamda sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘dirishi, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi.

Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” hamda aholi yashash hududlarida infratuzilmani rivojlantirish, sanitariya holatini yaxshilash va xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan tegishli qarorlar ijrosi doirasida ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga ochiq kanalizatsiya quduqlarini zudlik bilan tartibga keltirish, ularni yopish hamda xavfsiz holatga keltirish, shuningdek, hududda sanitariya va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, hududda sanitariya holatini yaxshilash hamda xavfsiz va qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2