Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot
янв.21
#24_ta_muxim_masala Deputatlar hududlar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Yoshlik mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati tahlil qilindi 📌 Yoshlik mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi”ning faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda mahallada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Yoshlik mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi”ning faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda mahallada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📥 O‘rganishlarda Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi kotibiyati mudiri T. Gapparov, viloyat Kengashi deputati 

H. Qudratova hamda Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri D. Valieva ishtirok etdi.

📥 Tashrif davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, aholining turmush darajasi, fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar va ularning yechimi yuzasidan mas’ullar bilan atroflicha muloqot o‘tkazildi. Shu bilan birga, aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish va mahallada amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

📥 Shuningdek, “mahalla yettiligi” tomonidan bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahallada obodonlashtirish ishlarini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Slide 1 of 3