Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot
янв.21
#24_ta_muxim_masala Deputatlar hududlar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Qobilov hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi guruhi vakillari ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

📍 Uchrashuv “Chorshanbe” MFYda bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari mahalla “yettiligi” vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning kundalik faoliyati va ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuvning asosiy mavzulari:

✅ Qonun targ‘iboti: O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati batafsil tushuntirildi.

✅ Xizmat odobi: Mahalla tizimida shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

✅ Nazorat: Aholi bilan ishlashda qonun ustuvorligini ta’minlash choralari muhokama qilindi.

Slide 1 of 3